E`lonlar

Faol kitobxonlar diqqatiga Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorina o'tkaziladi. Viktorinaga barcha yoshlarni va fuqarolarni taklif qilamiz. Viktorina 2026-yil 23-yanvar kuni soat 16:00 da Axborot kutubxona markazi telegram (https://t.me/onlinesearchbook) guruhida online tarzda bo'lib o'tishini maʼlum qilamiz.. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi online diplom bilan taqdirlanadi.

Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida kitob taqdimoti boʻlib oʻtadi. Barchangizni ushbu taqdimotda ishtirok etishga taklif qilamiz. Taqdimot 2026-yil 21-yanvar soat 10:00 da boʻlib oʻtadi.
📚Kitob nomi: Yulduzli tunlar
✍️Muallif: Pirimqul Qodirov
📕Janr: Tarixiy roman
📆 📗
Kitob haqida qisqacha:
“Yulduzli tunlar” — o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri bo‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Roman Boburning bolaligi, siyosiy kurashlari, orzulari va Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan davrini badiiy yoritadi.

DIQQAT E`LON!
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda G'.G'ulom mahallasining ijtimoiy tarmoqlarida "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorina o'tkazilishi rejalashtirilgan.Viktorinaga barcha yoshlarni va fuqarolarni taklif qilamiz. Viktorina 2026-yil 6-yanvar kuni soat 15:00 da bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. G'.G'ulom mahallasining telegram (https://t.me/Gofur_Gulom_MFY) guruhida online tarzda bo'lib o'tadi. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi diplom bilan taqdirlanadi.
🔜 Viktorina bo'lib o'tadigan vaqt:
Bugun soat 15:00 da.

DIQQAT TANLOV!
"Mutolaa sardorlari" ishtirokida “Zukko kitobxon” tanlovi joriy yilning 27-dekabr kuni Yoshlar shaharchasini ochilishi munosabati bilan Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida tashkil qilinadi.
🔘Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashadilar.
1. Kitob taqdimoti ( 3 daqiqa )
2. Tezkor savol-javob ( 5 ta savol )
3. Bu persanoj qaysi asarda uchraydi. (1 ta)
🔘Tanlov yakunida gʻolib ishtirokchilar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdiralandilar.
🔘Tanlov Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
🔘Barchaga omad tilaymiz.

DIQQAT TANLOV!
🔔"Matbuot va media" sardorlari ishtirokida tanlov
⏩ Tanlov ishtirokchilari “Mening sevimli kitobim” mavzusida kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli 1 ta videorolik tayyorlashi kerak boʻladi.
⏰ Video davomiyligi 3 daqiqadan oshmagan boʻlishi kerak.
📍Tanlov joriy yilning 27-dekabr kuni "Yoshlar shaharchasi" ochilishi munosabati bilan Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida tashkil qilinadi.
🔘Tanlovga tayyorlangan eng yaxshi videoroliklardan 3 tasi tanlab olinib, gʻolib ishtirokchilar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
👤Tanlov Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
Barchangizga omad tilaymiz!

DO'STLIK TUMANI YOSHLAR ISHLARI BO'LIMI
🔰Aziz kitobxon yoshlar. Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining mahalla bosqichiga start berildi.
🔰"Yosh kitobxon" tanlovining mahalla bosqichi test shaklida o'tkaziladi.
Hali ham ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz @yoshkitobxon_bot orqali ro'yxatdan o'ting.
🔰Tanlovninig mahalla bosqichi 3-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi.
📍Tanlov bo'yicha savollaringiz bo'lsa mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

Infolib haftaligi doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi telegram guruhida videochat orqali "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorina o'tkaziladi. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi online sertifikat bilan taqdirlanadi.
⏩ Videochat bugun 13-noyabr soat 16:00 da telegram guruhida (https://t.me/onlinesearchbook) oʻtkaziladi. Barchani faollikka chorlab qolamiz.


DIQQAT E`LON TANLOV.
Yana bir ajoyib yangilikni sizlarga yetkazib qo'ymoqchimiz.Joriy yilning 15-noyabr kunlari oralig'ida Do'stlik tumani Yoshlar shaharchasidagi Axborot-kutubxona markazida "ZUKKO KITOBXON" tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.Tanlovda tumanlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar A.Qodiriyning "O'tkan kunlar",Jek Londonning "Hayotga muhabbat" nomli asarlaridan tuzilgan 3ta shart asosida bellashadilar.Shartlar quyidagicha:
1-shart: "Buyuk mutafakkir va adib".
2-shart: "O'zbek adabiyoti bilimdoni".
3-shart: "Jahon adabiyoti bilimdoni".
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!


Infolib haftaligi doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda A.Navoiy mahallasining ijtimoiy tarmoqlarida "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorinaga barcha yoshlarni va fuqarolarni taklif qilamiz. Viktorina 2025-yil 10-noyabr kuni soat 17:00 da bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. A.Navoiy mahallasining guruhida online tarzda bo'lib o'tadi. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi diplom bilan taqdirlanadi.
🕰 Viktorina bo'lib o'tadigan vaqt:
Bugun soat 17:00da.
🔘 Barchangizni viktorinada kutib qolamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi "2025 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 490-son buyrug‘iga asosan, joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun
🔘Turli ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar
🔘Munozara kechasi,
🔘Mahorat darslari,
🔘Davra suhbatlari,
🔘Videoroliklar namoyishlari,
🔘Audio ertaklar tanlovi,
🔘Yangi adabiyotlar ko'rgazmasi,
🔘Rasmlar va insholar tanlovlari,
🔘Kitob taqdimotlari tashkil qilinadi.
📖Barcha kitobxonlarni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlaga taklif etamiz.
🔘Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi siz aziz kitobxonlarni kutib qoladi.


Barcha tumanimiz aholisini joriy yilning noyabr oyi davomida "Kitobsevar millat" oyliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallariga chorlab qolamiz.
Jizzax viloyat hokimligining 2025-yilning 10-oktyabr sanasi bilan "Kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish maqsadida
⏩" Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlik oyligini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi №05-1372-sonli yig‘ilish bayoni imzolandi.
☑️Yig‘ilish Bayoniga asosan viloyatimizda oktabr-dekabr oylarida "Kitobxonlik oyliklari" tashkil qilinadi.
☑️"Kitobsevar millat" oyliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
☑️Tumanimiz aholisi va barcha kitobxonlarni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.


Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbirlar, kitob koʻrgazmalari bo’lib o’tadi.
Ushbu tadbirlarda barchangizni kutib qolamiz.


Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi "21 QADAM" sovrinli loyihasiga start beradi. Loyiha ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich AUDIO HIKOYA SHE'RLAR tanlovi asosida oʻtkazilib, 25-iyulga qadar audio she`r va hikoyalar qabul qilinadi.

Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida 9-14-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan kitobxonlik tadbirlari, tanlovlar va turli loyihalarda ishtirok etishda faollikka chorlaymiz. Kutubxonaga tashrif buyuring va haftalik doirasidagi tadbirlarda siz ham faol ishtirok eting!

Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida 21-27-aprel kunlari "Kitobsevar millat" shiori ostidagi an'anaviy V Respublika Kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tadi. Barchangizni ushbu haftalik doirasida oʻtkazilgan tadbirlarga taklif etib qolamiz.


Kutubxona gurungi loyihasining navbadagi soniga barcha kitobxonlarni taklif etamiz