ZOOM platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 24-sentyabr kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazining Axborot-kutubxona fondlarini saqlash bo‘limi tomonidan tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun “Axborot-kutubxona fondlarini tahlil qilish va axborot-kutubxona muassasalarining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risida” mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi. Seminarda Do‘stlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etdi.
Seminar davomida kutubxona fondini tahlil qilish, fond tarkibini o‘rganish, adabiyorlarni jamlash va fondni zamonaviy talablar asosida shakllantirish masalalari yuzasidan fikr va tajribalar almashildi. Hamda axborot-kutubxona muassasalarida mavjud resurslarni fond hisobidan chiqarish tartibi, mazkur jarayonda belgilangan me’yoriy talablar va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
