“Zoʻrdanak” hajviy koʻrsatuvi muallifi, soʻz ustasi Doniyor Xasanov Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
Xalqimizning sevimli qiziqchisi, “Zoʻrdanak” hajviy koʻrsatuvi muallifi, soʻz ustasi Doniyor Xasanov Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u kutubxonada yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mutolaa zavqidan bahramand bo‘ldi.
San’atkor Doʻstlik tumanida zamonaviy talablarga mos holda tashkil etilgan bunday kutubxona kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim maskan ekanini alohida ta’kidlab, muhit va faoliyat yuzasidan o‘zining iliq taassurotlarini bildirib o‘tdi. Uchrashuv barchada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, mazmunli va esda qolarli bo‘ldi.


