“Ziyo sari bir qadam” tanlov loyihasining navbatdagi soni tashkil etildi.
Joriy yilning 21-may sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda badiiy adabiyotga qiziqishini oshirish maqsadida “Ziyo sari bir qadam” tanlov loyihasining navbatdagi soni tashkil etildi.
Mazkur tanlov Oʻlmas Umarbekovning “Urush farzandi” asari asosida o‘tkazildi. Dastlab ishtirokchilar asar voqealari yuzasidan tayyorlangan 25 ta savolga yozma ravishda javob taqdim etdilar. Shundan soʻng 1-shart boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 10 nafar qatnashchi “Men sevgan asar sharhi” sharti orqali oʻzlari oʻqigan asarlar haqida mazmunli fikr-mulohazalar bildirib, asarlarni sharhlab berdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra gʻoliblar aniqlanib, 1-oʻrin sohibi 150 ming soʻm, 2-oʻrin egasi 70 ming soʻm, 3-oʻrin egasi esa 50 ming soʻm pul mukofoti ,qimmatbaho sovgʻalar, kitoblar hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularni ezgulik va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muhim аhamiyat kasb etadi. Hamkorlik uchun homiylarimizga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


