✍️Ziyo maskanining posboni
✍️Ziyo maskanining posboni
Sokin go‘shangizda kitoblar qator,
Har bir varag‘ida ming bir olam bor.
Siz o‘sha olamga sochmoqdasiz nur,
Kitobxon qalblarga bag‘ishlab huzur.
Javonlar bag‘rida sirli bir olam,
Yo‘limizni yoritar ziyoli odam.
Shovqinli dunyoda izlaymiz bir baxt,
Qo‘limizga tutgan ilm bilan har vaqt.
Qalamingiz charxlangan, qaydlar qilasiz,
Hammaga zakovat zavqin berasiz
Umringizni kitobga baxsh etgan,
Siz — kutubxonachilar, yaxshiyam borsiz!
✍️ Muallif: Bekzod Karimov
