“Ziyo istagan qalblar” nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 2-fevral kuni Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) xodimlari ishtirokida “Ziyo istagan qalblar” nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitobxonlik madaniyati, shuningdek, kutubxonadan to‘g‘ri va samarali foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, xodimlar va foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy axborot-resurslar hamda boy va rang-barang adabiyotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqish va mehr yanada mustahkamlandi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy sayohatda jami 9 nafar ishtirokchi qatnashdi.



