Zayniddinova Sarvinoz Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg‘a qildi. 📖✨
Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, qalbiga ezgulik va ma’rifat ulashadigan bebaho ne’mat.
“Erkin javon — kitob sovg‘a qilaman” aksiyasida faol ishtirok etib, Kimyo texnologiyalari instituti talabasi Zayniddinova Sarvinoz Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg‘a qildi. 📖✨
Ushbu ezgu tashabbus kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar uchun mutolaa imkoniyatlarini kengaytirish hamda kitob ulashish madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Sarvinozga kitobsevarlik va ma’rifat yo‘lidagi ushbu go‘zal tashabbusi uchun minnatdorlik bildiramiz! 🌿
Siz ham “Erkin javon” aksiyasida ishtirok eting — sevgan kitobingizni boshqalar bilan baham ko‘ring!
