“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 10-iyun sanasida Do‘stlik tumani Mahallalar uyushmasi hamda Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida mahalla yoshlari va faollarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🔖Mazkur bellashuvda G'G'ulom, Saritepa,Oltin vodiy va Chinobod mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro bilim va mantiqiy fikrlash borasida kuch sinashdilar. Ishtirokchilar tarix, adabiyot, madaniyat, fan va mantiqiy savollardan iborat qiziqarli shartlar asosida bahslashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
📌Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Oltin vodiy mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi eng yuqori natijani qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi hamda tuman bosqichi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


