“Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 26-mart sanasida “Saritepa” MFY hududida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan mahalla bilimdonlari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvda mahallaning eng bilimdonlaridan tuzilgan jamoalar oʻz bilim va tafakkurlarini sinovdan oʻtkazdilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahs jarayonida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkorlik hamda bilimdonlik borasida yuqori faollik namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, 3-maktab jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolib va faol ishtirokchilar hamkor va homiylarning estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.




