“Yuraklardan joy olgan shoir” nomli she’riyat kechasi tashkil etildi.
Joriy yilning 27-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “Yuraklardan joy olgan shoir” nomli she’riyat kechasi tashkil etildi.
💎Mazkur tadbirda shoir ijodining o‘ziga xos jihatlari — uning xalqona, samimiy va yurakdan chiqqan she’rlari haqida so‘z yuritildi. Shoir qalamiga mansub har bir satrda Vatanga muhabbat, onaga ehtirom va hayotga bo‘lgan mehr tuyg‘ulari chuqur aks etgani alohida ta’kidlandi.
🔖She’riyat kechasi davomida dastlab shoirning hayoti va ijod yo‘li haqida batafsil ma’lumot berilib, ishtirokchilar yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan shoirning bir-biridan mazmunli va ta’sirchan she’rlari ifodali tarzda yoddan o‘qib eshittirildi.


