"Yoshlar yurt tayanchi" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Yoshlar – Vatanimizning buguni va ertangi kunini bunyod etuvchi, yurtimiz taraqqiyotining eng katta kuchidir. Bilimga chanqoq, intiluvchan va vatanparvar yoshlar har qanday jamiyatning bebaho boyligi sanaladi.
Yurtimizda yoshlarning ta'lim olishi, o‘z iste'dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda ma'naviy barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu ishonch va e'tibor har bir yoshni yanada katta marralarni zabt etishga undaydi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 6-avgust sanasida "Yoshlar yurt tayanchi" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Koʻrgazmada bugungi kunda yoshlarning eng sevimli kitobiga aylangan eng sara adabiyotlar oʻrin oldi.


