ʼʼYoshlar uchun 1000 kitob ʼʼ loyihasi doirasida 27 nom 270 nusxadagi kitoblarga texnik va ilmiy ishlov berilib, xizmat ko`rsatish bo`limiga chiqarildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ʼʼYoshlar uchun 1000 kitob ʼʼ loyihasi doirasida 27 nom 270 nusxadagi dunyo kitoblarining o‘zbek tilida nashr etilgan turli yo‘nalishdagi kitoblar jamlanmasi taqdim etildi. Hozirgi vaqtda ushbu kitoblar yakka tartibda hisobga olinib texnik va ilmiy ishlov berildi. Kutubxonamizning bilimga chanqoq foydalanuvchilari mashhur mualliflarning ilmiy va badiiy kitoblarini o‘zbek tilida mutolaa qilishlari uchun ushbu kitoblar xizmat ko‘rsatish bo‘limiga chiqarildi.



