Yoshlar oyligi doirasida oʻquvchilar uchun “Sen yetim emassan” badiiy filmi namoyish etildi.
Joriy yilning 26-iyun kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Doʻstlik tuman boʻlinmasi hamda 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamkorligida oʻquvchilar uchun “Sen yetim emassan” badiiy filmi namoyish etildi.
Film namoyishi davomida oʻquvchilarga asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan insoniy fazilatlar hamda urush yillarida oʻzbek xalqining mehr-muruvvati va bagʻrikengligi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Ishtirokchilar film qahramonlari taqdiri orqali mehr-shafqat, insoniylik va oʻzaro hurmat kabi yuksak qadriyatlarning ahamiyatini chuqur angladilar.
Tadbir yakunida oʻquvchilar film yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari va taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.


