“Yoshlar oqshomi” bayram kechasi oldidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 7-may sanasida Do‘stlik tumanida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar oqshomi” bayram kechasi oldidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
💎Mazkur ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kitobga mehr uyg‘otishdan iboratdir.
📌Ko‘rgazmadan badiiy, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda yoshlar sevib mutolaa qiladigan turli yo‘nalishdagi adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


