Yoshlar o‘rtasida zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlarga elektron va audiokitoblardan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etuvchi platformalar haqida batafsil ma'lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan ushbu platformalardan ro‘yxatdan o‘tish, kitoblarni qidirish, yuklab olish hamda mobil qurilmalar orqali qulay foydalanish tartibi amaliy tarzda tushuntirildi.
Shuningdek, Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun taqdim etilayotgan bepul xizmatlar, jumladan, elektron kutubxona xizmatlari, internetdan foydalanish, kompyuter xizmatlari, audiokitoblar, elektron resurslar hamda boshqa zamonaviy imkoniyatlar keng targ‘ib qilindi. Tashrif buyuruvchilarga ushbu xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini tezkor va sifatli qondirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida atroflicha ma'lumot taqdim etildi.



