Yoshlar kuni doirasida ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish bo‘yicha mahorat darsi
Yoshlar kuni doirasida ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish bo‘yicha mahorat darsi
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Unda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish, kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan sifatli va kreativ videoroliklar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Mahorat darsi davomida videoning dastlabki soniyalarida tomoshabin e’tiborini jalb qiluvchi kuchli “hook”lar, qiziqarli savol, kutilmagan fakt, muammoli vaziyat va boshqa samarali metodlardan foydalanish usullari amaliy misollar asosida tushuntirildi.
Shuningdek, videoga g‘oya tanlash, qisqa ssenariy tuzish, kadrlar ketma-ketligi, ta’sirchan matn va yakuniy chaqiriqni to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot yakunida xodimlar o‘zlari uchun yangi usullarni amaliyotda sinab ko‘rib, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi zamonaviy kontent yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladilar.



