Yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabida huquqiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarning mazmun-mohiyati, ularning yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida maktabning huquq o‘qituvchisi Abdiyev Anvar ishtirok etib, huquqiy bilimlarni oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanish hamda ijtimoiy-siyosiy
🗞adabiyotlardan samarali foydalanish borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
📝Tadbir davomida ishtirokchilar huquqiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bilan tanishib, ularning yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashdilar. Ayniqsa, qonunlarni bilish va ularga rioya qilish, o‘z huquq va majburiyatlarini anglash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


