“Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari tomonidan chizilgan eng sara va chiroyli rasmlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.
Joriy yilning 2-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubining “Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari tomonidan chizilgan eng sara va chiroyli rasmlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazma davomida tashrif buyurgan kitobxonlarga namoyish etilgan ijodiy ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi, yosh ijodkorlarning iste’dodi va san’atga bo‘lgan qiziqishi e’tirof etildi. Tadbir ishtirokchilarda tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

