“Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari ishtirokida “O‘lkamizda kuz” mavzusida ijodiy rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
Joriy yilning 11-sentabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazining kitobxonlar klubi qoshidagi “Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari ishtirokida “O‘lkamizda kuz” mavzusida ijodiy rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
💬Ushbu qiziqarli tanlovda yosh iqtidorlarimiz kuz faslining go‘zalligi, oltin tusga kirgan tabiat manzaralari va xazonrezgi lahzalarini o‘z tasavvurlari orqali oq qog‘ozga muhrladilar. Ranglar uyg‘unligi va har bir chizilgan suratdagi o‘ziga xos yondashuv hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
🔴Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan "Yosh qalamkashlar" guruhi a’zolari munosib rag‘batlantirildi. Yosh musavvirlarimizga kelgusi ijodiy ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi ilhom parilari tilab qolamiz!



