“Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari hamda yosh ijodkorlar tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 9-avgust sanasida kitobxonlar klubi qoshidagi “Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari hamda yosh ijodkorlar tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu go‘zal ko‘rgazmada yosh iqtidorlarimiz o‘zlarining ichki dunyosi, xayollarini ranglar vositasida oq qog‘ozga ko‘chirdilar. Har bir chizilgan rasm shunchaki tasvir emas, balki chuqur ma'no va o‘ziga xos hikoyaga ega ekanligi bilan barchani hayratda qoldirdi.
