"Yosh kitobxonlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 23-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida faol kitobxon yoshlar ishtirokida "Yosh kitobxonlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va mutolaa orqali ma'naviy dunyoqarashini boyitishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun adabiyot, tarix, milliy qadriyatlar hamda mashhur yozuvchi va shoirlar ijodiga bag‘ishlangan qiziqarli viktorina savollari tashkil etildi. Yoshlar savollarga faol javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Faol qatnashgan kitobxonlarning bilimdonligi e'tirof etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida kitob sharhi ham o‘tkazilib, tavsiya etilgan asarlarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va tarbiyaviy ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Kitobxonlar o‘qigan asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, mutolaa ularda qoldirgan taassurotlar haqida samimiy suhbat qurdilar.
Tadbir yakunida kitob mutolaasi inson kamolotining muhim omili ekani, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitobning o‘rni beqiyosligi alohida takidlandi.



