«Yig‘ma elektron katalog sektori (catalog.unicat.uz) tizimidan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
2026-yil 6-may kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat Axborot-kutubxona markazi Yig‘ma elektron katalog sektori mudiri tomonidan zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish maqsadida tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun «Yig‘ma elektron katalog sektori (catalog.unicat.uz) tizimidan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.Seminarda Do`stlik tuman AKMning rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
🔹 Seminar davomida foydalanuvchilarni tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bosqichma-bosqich taqdimotlar asosida tushuntirildi. Xususan, saytga kirish, shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, login va parol yaratish tartiblari batafsil yoritib berildi.
🔹 Shuningdek, elektron katalog orqali kitoblarni qidirish, bibliografik ma’lumotlar bilan tanishish hamda elektron xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etildi.

