“Yangi zamonaviy kutubxona” mavzusida targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Joriy yilning 3-fevral kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Alisher Navoiy mahallasi hududida joylashgan 20-umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun “Yangi zamonaviy kutubxona” mavzusida targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga kutubxonadagi shinam xonalar, boy kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda kompyuter xizmatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, kutubxonadan foydalanish qoidalari tushuntirilib, oʻquvchilarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.



