“Yangi O‘zbekistonda yuksalgan Do‘stlik” nomli kitob-albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Yangi O‘zbekistonda yuksalgan Do‘stlik” kitob-albomi taqdimoti
📚Joriy yilning 4-noyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar va kutubxonachilar ishtirokida Do‘stlik tumani hokimi Sh.T. Darvishevning “Yangi O‘zbekistonda yuksalgan Do‘stlik” nomli kitob-albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📗Tadbirning asosiy maqsadi mazkur nashrni keng kitobxonlar ommasiga tanishtirish, tumanning bugungi taraqqiyoti, bunyodkorlik ishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlarni aks ettiruvchi adabiyotlarni targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
📖Taqdimot davomida kitob-albomning mazmun-mohiyati, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, Do‘stlik tumanining yangi O‘zbekiston sharoitidagi rivojlanish bosqichlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.



