“Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajak bunyodkorlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh kitobxon o'quvchilar ishtirokida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 3-sentyabr sanasida Yoshlar kuni munosabati bilan Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajak bunyodkorlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh kitobxon o'quvchilar ishtirokida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🔴Tadbir davomida iste’dodli yozuvchi Javlon Javliyevning “Qo‘rqma” asari keng muhokama qilindi. Kitobxon yoshlar asarda ilgari surilgan g‘oyalar, jasorat, qat’iyat, o‘ziga ishonch va hayotdagi sinovlarni yengib o‘tish kabi muhim mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Asar qahramonlari misolida yoshlarni qo‘rquvni yengishga, maqsad sari dadil intilishga undovchi xulosalar chiqarildi.
🟡Tadbirning qiziqarli qismi esa kitob yuzasidan tashkil etilgan savol-javob va interaktiv bahs-munozaralar bo‘ldi. Faol ishtirok etgan yoshlar o‘z bilim va mutolaa madaniyatini namoyon etib, turli qiziqarli savollarga javob berdilar hamda fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va Yangi O‘zbekistonning bilimli, vatanparvar hamda tashabbuskor bunyodkor yoshlari bo‘lib kamol topishlariga xizmat qildi.


