"Yangi O'zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi"nomli targ'ibot ishlari olib borildi.
Joriy yilning 12-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Abu Ali Ibn Sino Jamoat salomatlik texnikumida "Yangi O'zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi"nomli targ'ibot ishlari olib borildi. Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazining yangi binosi va yaratilgan sharoitlar , ijtimoiy tarmoqlar yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berildi.Shuningdek talabalarni muntazam ravishda kutubxonadan foydalanishga, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga chaqirildi va a'zolikga olindi.


