"Yangi O'zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 12-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do’stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ishtirokida "Yangi O'zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida o'quvchilar yangi zamonaviy axborot-kutubxonada tashkil qilingan barcha qulayliklar, shart sharoitlar va yangi kelgan adabiyotlar kutubxonada tashkil qilingan ko'rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari kitob ko‘rgazmalari, elektron zal, va kutubxonadan foydalanish qoidalari ham tushuntirilib o'tildi.



