Yangi kitoblar kitobxonlarga foydalanish uchun abonementlar va xizmat ko‘rsatish bo‘limiga topshirildi.
Joriy yilning 16-iyul kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazining Fondlarni toʻldirish, saqlash va qayta ishlov berish bo‘limida Respublika Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ming kitob" loyihasi doirasida sovgʻa qilingan 20 nomdagi 196 nusxa kitob yakka tartibda hisobga olinib, ularga texnik va ilmiy ishlov berildi.
Shundan soʻng, 20 nomdagi 176 nusxa kitob kitobxonlarga foydalanish uchun abonementlar va xizmat ko‘rsatish bo‘limiga topshirildi. Qolgan nusxalar esa belgilangan tartibda zaxira fondiga ajratildi hamda ichki fondlar o‘rtasida taqsimlandi.


