"Yangi adabiyotlar" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 9-iyul kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi adabiyotlar" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada kutubxona fondiga yangi qabul qilingan, kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan zamonaviy va sara adabiyotlar namoyish etildi. Undan jahon adabiyoti durdonalari, o‘zbek adib va yozuvchilarining yangi nashrlari, shuningdek, turli yosh toifalariga mo‘ljallangan ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar o‘rin oldi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi adabiyotlar haqida batafsil ma'lumot berilib, mutolaaning inson tafakkuri va ma'naviy kamolotidagi o‘rni alohida ta'kidlandi. Har bir yangi kitob yangi bilim, yangi taassurot va yangi imkoniyatlar sari yetaklashi qayd etilib, kitobxonlar mutolaaga keng jalb etildi.
Ko‘rgazmada faol yosh kitobxonlar ishtirok etib, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilish uchun tanlab oldilar.


