"Yalqovlik yovimizdir" nomi kitobi taqdimoti ham tashkil qilindi.
Joriy yilning 9-oktyabr sanasida yosh kitobxon oʻquvchilar uchun Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Doʻstlik tuman boʻlinmasi tomonidan hadya qilingan kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan yangi adabiyotlarga markaz xodimlari tomonidan sharh berilib oʻtildi. Shuningdek jadid adabiyotining yetuk namoyondasi Munavvarqori Abdurashidxonovning "Yalqovlik yovimizdir" nomi kitobi taqdimoti ham tashkil qilindi. Koʻrgazmaga 20 ta kitob qoʻyilib, ushbu koʻrgazmaga 26 nafar yosh kitobxon jalb etildi.



