• dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
  • Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Bo'sh ish o'rinlari
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
  • Yangiliklar va tadbirlar
  • E`lonlar
  • Elektron kutubxona
  • Virtual ko`rgazma
  • +998 943481412
  • @dostlikakm_bot

"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.


Joriy yilning 16-iyul sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning ma'naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv avvalida axborot-kutubxona markazi bibliografi Munira Raximova o‘zining hayot yo‘li, mehnat faoliyati va orttirgan tajribalari haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi. Suhbat davomida bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, Vatanga muhabbat, yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish hamda yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, uchrashuvdan muhim hayotiy xulosalar chiqardilar.
Tadbir davomida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Primqul Qodirovning "Avlodlar dovoni" asari yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi. Sharh jarayonida asarda aks etgan ajdodlar merosi, tarixiy xotira, milliy g‘urur, vatanparvarlik va yuksak insoniy fazilatlarning badiiy talqini haqida fikr yuritildi. Shuningdek, asarning g‘oyaviy mazmuni hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida "Kitobni toping" va "Kitob muallifini toping" nomli intellektual o‘yinlar hamda qiziqarli viktorinalar tashkil etildi. Faol ishtirok etgan yoshlar o‘z bilim va topqirliklarini namoyon etib, kitobxonlik borasidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
+998 943481412 dostlik_akm@natlib.uz

Jizzax viloyati Do’stlik tumani G’.G’ulom mahallasi Ibn Sino ko’chasi 1-uy

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • AKM jamg'armasi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
Kutubxona bo’limlari
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Kutubxona faoliyati
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
Yangiliklar va tadbirlar
E`lonlar
Elektron kutubxona
Virtual ko`rgazma
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan