“Xotira muqaddas – qadr abadiy” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi hamda o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 5-may sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda “Xotira muqaddas – qadr abadiy” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi hamda o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida yuz bergan voqealar, front ortidagi mashaqqatli hayot, xalqimizning sabr-toqati va matonatini aks ettiruvchi adabiyotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Ko‘rgazmada o‘rin olgan kitoblar orqali urushning ayanchli oqibatlari, insoniyat boshiga solgan og‘ir kulfatlari hamda tinchlikning beqiyos qadri yana bir bor yoritib berildi.
Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tarixiy voqealarga nisbatan o‘z qarashlarini erkin bayon etdilar. Shuningdek, ular tomonidan berilgan savollar asosida qiziqarli va mazmunli muhokamalar olib borildi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, o‘tganlar xotirasini e’zozlash hamda bugungi kun ne’matlariga shukronalik bilan qarash zarurligi haqida muhim xulosalarga keldilar



