Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam
E’LON
🤝 Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam
2026-yil 27–28-aprel kunlari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidagi “Farab” ilmiy-universal kutubxonasi bilan hamkorlikda xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbir doirasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik bitimini imzolash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari tomonidan:
— Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazlari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan;
Ushbu anjuman ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, axborot-kutubxona tizimida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
