“Ustozlar davrasi” nomli Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida ustoz va murabbiylar o‘rtasida “Ustozlar davrasi” nomli Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Musobaqaning 1-turida 1-, 2-, 3-, 4- va 5-umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoalari o‘zaro bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra 3-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: 25-sentabr kuni musobaqaning navbatdagi turida 6-, 7-, 8-, 9- va 10-maktab jamoalari o‘zaro bellashadilar.



