Usmon Nosir tavalludining 114 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi, iste’dodli shoir Usmon Nosir tavalludining 114 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
✨Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek she’riyatida tutgan o‘rni, betakror she’rlari hamda xalqimiz ma’naviy merosiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilarga Usmon Nosirning hayot yo‘li, ijodiy merosi va she’rlaridagi vatanparvarlik, muhabbat, jasorat va erkinlik g‘oyalari haqida ma’lumotlar berildi.

