“Ushu” sport turi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilari ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Do‘stlik tuman AKM xodimlari tomonidan joriy yilning 2-iyun sanasida tuman Sport majmuasining “Ushu” sport turi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilari ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yozuvchi Tohir Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari – 1” asarining mazmun-mohiyati, voqealar rivoji hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobdagi eng qiziqarli va ta’sirchan sahnalar bolajonlarga hikoya qilinib, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ushbu asarni mustaqil ravishda o‘qib chiqishga qiziqish uyg‘otish maqsadida tavsiyalar berildi.
Tadbir yosh kitobxonlarda kitobga mehr uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.
