“Uchar gilam” ertagi sharhlandi.
Joriy yilning 14-may sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Chinobod MFYda yashovchi kitobxon bolalarning talab va istaklari asosida “Uchar gilam” ertagi sharhlandi. Kitob sharx davomida ertak mazmuni bolalarga sodda va tushunarli tarzda hikoya qilinib, undagi yaxshilik, doʻstlik, orzu-intilish va ezgulik gʻoyalari haqida suhbat olib borildi.
Shuningdek, bolalar ertak qahramonlari haqida oʻz fikr va taassurotlarini bildirib, faol ishtirok etdilar. Tadbir kitobxon bolalarning kitob va ertaklarga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.


