“Uch gilam” ertagi o‘quvchilarga sharhlab berildi.
Joriy yilning 20-fevral sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-“G” sinf o‘quvchilari ishtirokida kitob sharx tashkil etildi.📚Sharx davomida o‘zbek xalq ertaklaridan biri — “Uch gilam” ertagi o‘quvchilarga sharhlab berildi. Ertak mazmuni batafsil tushuntirilib, undagi tarbiyaviy g‘oyalar yoritildi. Xususan, halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, oqibat va yaxshilikning mukofoti kabi fazilatlarning inson hayotidagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi.Tadbir jarayonida bolajonlar ertakni katta qiziqish bilan tinglab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda savol-javoblarda faol ishtirok etdilar. ⚜️Uchrashuv mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
