• dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
  • Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Bo'sh ish o'rinlari
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
  • Yangiliklar va tadbirlar
  • E`lonlar
  • Elektron kutubxona
  • Virtual ko`rgazma
  • +998 943481412
  • @dostlikakm_bot

“Tushda kechgan umrlar” romani yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi.


Joriy yilning 23-sentyabr kuni o‘zbek xalqining taniqli yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning mashhur “Tushda kechgan umrlar” romani yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda 14-maktabning faol kitobxon, adabiyotga qiziquvchi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
💬Tadbir davomida o‘quvchi Jalolova Durdona tomonidan O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodiy faoliyati haqida tayyorlangan mazmunli prezentatsiya namoyish etildi. Unda adibning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, yaratgan asarlari hamda ijodining o‘ziga xos jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
🗣Shundan so‘ng kutubxona xodimi tomonidan yozuvchining “Tushda kechgan umrlar” romani mazmuni batafsil yoritib berildi. Asarda aks etgan inson taqdiri, urushning inson hayotiga ta’siri, jamiyatdagi murakkab jarayonlar, insoniy qadriyatlar va hayot haqiqatlari haqida so‘z yuritildi. Asardagi voqealar va qahramonlar taqdiri orqali o‘quvchilarga romanning g‘oyaviy mazmuni yanada chuqurroq tushuntirildi.
✅Tadbirning yakuniy qismida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nazarova Lola tomonidan asar muhokamasi tashkil etildi. O‘quvchilarga asar yuzasidan fikrlashga, o‘z munosabatini bildirishga undovchi munozarali savollar berildi. Faol kitobxonlar o‘z fikrlarini erkin bayon qilib, asardagi voqealar va qahramonlar haqida o‘zaro fikr almashdilar.
✨Mazkur tadbir o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, O‘tkir Hoshimov ijodini chuqurroq o‘rganish hamda badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
+998 943481412 dostlik_akm@natlib.uz

Jizzax viloyati Do’stlik tumani G’.G’ulom mahallasi Ibn Sino ko’chasi 1-uy

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • AKM jamg'armasi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
Kutubxona bo’limlari
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Kutubxona faoliyati
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
Yangiliklar va tadbirlar
E`lonlar
Elektron kutubxona
Virtual ko`rgazma
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan