“Tushda kechgan umrlar” romani taqdimotiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning 🗣“Tushda kechgan umrlar” romani taqdimotiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi hamda kitobxonlar orasida mashhur bo‘lgan asarlari namoyish etildi. Shuningdek, O‘tkir Hoshimovning boshqa kitoblari ham ko‘rgazmadan o‘rin oldi.
