"Tezlik va topqirlik'' nomli kvest jamoaviy o'yini tashkil qilindi.
Joriy yilning 2-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarda kitoblik madaniyatini shakllantirish, tezkorlik va topqirlik salohiyatini oshirish, xalq ogʻzaki ijodiga hurmat tuygʻularini oshirish maqsadida faol kitobxonlar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Tezlik va topqirlik'' nomli kvest jamoaviy o'yini tashkil qilindi. Bu o'yinda raqamlarni topib har bir topilgan raqam ortidan maqollarni davom etirish tashkil qilindi. O'yin juda ham qiziqarli bo'ldi. O'quvchilar ko'plab maqollarni yod oldilar. Tadbirda 15 nafar faol kitobxonlar qatnashdilar.


