"Tarixingdir ming asrlar ichra pinxon o‘zbegim" hamda "Yoshlar uchun 1000 kitob" loyihasi nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB O‘ZBEKISTON 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi kutubxonachilar V forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ochiq osmon ostida "Tarixingdir ming asrlar ichra pinxon o‘zbegim" hamda "Yoshlar uchun 1000 kitob" loyihasi nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ushbu ko‘rgazmaga kitobxon oʻquvchilar, keksa nuroniylar jalb etilib, koʻrgazmadagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ushbu koʻrgazmaga 60 dan ortiq kitoblar qo‘yildi.




