“Taqdir va buyuk siymo” nomli maʼnaviy-maʼrifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 21-yanvar kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman hududidagi 1–14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchi va talabalari ishtirokida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romani yuzasidan “Taqdir va buyuk siymo” nomli maʼnaviy-maʼrifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi.
Taqdimot davomida 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti o’qituvchisi Norxo’jayeva Farida asarning g‘oyaviy-badiiy ahamiyati, Bobur siymosining badiiy talqini, tarixiy haqiqat va ijodiy yondashuv masalalari yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalarini bildirildi.Shu bilan birga14- umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti o’qituvchilari Tursunova Fazilat va Sobirova Sevinch, Jizzax Davlat Pedagogika universitetining filialogiya fakulteti talabalari Toxirova Sevinch va Temirova Vaziralar tomonidan ham asar mazmun-mohiyati, unda buyuk sarkarda va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur siymosining badiiy talqini, insoniy kechinmalari, vatanparvarlik tuygʻulari hamda taqdir sinovlari atroflicha sharhlab berildi.
Shuningdek, axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan Zahiriddin Muhammad Boburning "Vatan sogʻinchi" mavzusidagi sahnaviy koʻrinish namoyish etilib, yigʻilganlarga katta estetik zavq bagʻishladi. Ushbu sahna orqali buyuk bobomizning qalbidagi sogʻinch, iztirob va vatan muhabbati yorqin ifoda etilib, tomoshabinlarni tarix sahifalariga goʻyo yana bir bor sayohat qilishga chorladi. .
Tadbir davomida talabalar va oʻquvchilar ham asar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.Ayniqsa, yoshlar bilan tashkil etilgan interaktiv savol-javoblar Bobur shaxsining ibratli jihatlarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.Taqdimot tadbirida 50 nafar o’quvchi yoshlar, ustoz va talabalar ishtirok etdi.




