"Tanishing yangi adabiyotlar" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 8-iyul sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun "Tanishing yangi adabiyotlar" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan badiiy adabiyotlar, jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari, ilmiy-ommabop, ma'naviy-ma'rifiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan yangi nashrlar o‘rin oldi.
Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlarni keng jamoatchilikka targ‘ib etishdan iborat.
📖 Sizni ham Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida tashkil etilayotgan kitob ko‘rgazmalariga taklif etamiz. Zero, kitob – tafakkur va ma'naviyat sari ochilgan eng ishonchli yo‘ldir!

