"Tanishing yangi adabiyotlar" deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 27-dekabr kuni Do‘stlik tuman axborot- kutubxona markaziga tashrif buyurgan 13-umumiy o‘rta taʼlim maktabining kitobxon o‘quvchilari ishtirokida "Tanishing yangi adabiyotlar" deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada o‘quvchilarga kutubxonamizga oxirgi marta kelgan badiiy va siyosiy adabiyotlar haqida qisqacha sharh berib o‘tildi. Tadbirda 12 nafar kitobxon o‘quvchilar ishtirok etdi va ko‘rgazmaga 40 ta kitob qo‘yildi.


