TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 30-aprel kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida kitobxonlikni targ‘ib etuvchi videorolik va buktreylerlar tayyorlash jarayonida CapCut montaj dasturidan foydalanish, sifatli kontent yaratishda ushbu dasturning qulayliklari amaliy va nazariy jihatdan tushuntirib berildi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan batafsil va atroflicha javoblar oldilar.



