TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 20-aprel kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida sun’iy intellektdan samarali va to‘g‘ri foydalanish, xususan, ChatGPT hamda Whisk dasturlarida ishlash bo‘yicha zarur tushunchalar berildi. Ishtirokchilarga ushbu zamonaviy texnologiyalar yordamida virtual ko‘rgazmalar yaratish, rasmli materiallar tayyorlash, sifatli kontent ishlab chiqish hamda samarali prompt yozish usullari amaliy tarzda tushuntirildi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan batafsil va atroflicha javoblar oldilar.



