TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 27-fevral kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida sun’iy intellektdan ma’lumotlarni to‘g‘ri olish, ChatGPT orqali virtual ko‘rgazmalar yaratish, rasmli materiallar tayyorlash uchun samarali prompt yozish hamda sifatli kontent tayyorlash bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan batafsil javoblar oldilar.


