TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 20-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Nero Express dasturida ishlash, disklarga ma'lumotlar, elektron va audio kitoblarni joylash va bu orqali axborot xavfsizligi ta'minlash, elektron bazasini kengaytirish boʻyicha amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi.