TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 2-may kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda lokal tarmogʻida ishlash, hujjatlar almashish, tarmoq afzalliklari bo'yicha xodimlarga amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, tarmoq boʻyicha tushunmagan savollariga javob oldilar.